Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqada yer yuzining turli mamlakatlaridan yig‘ilgan eng sara polvonlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.

Bugun chempionatda -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 180 kg. tosh ko‘tardi va umumiy hisobda 319 kg. natija ko‘rsatdi.

MOQ matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, siltab ko‘tarishdagi 180 kg. natija orqali Doston ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi va kumush medalga ega chiqdi.