O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi farmoniga asosan Rahmatov Rashid Nasrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmti xabar berdi.

R.Rahmatov 1978 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlagan.