Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Kongress davomida prezidentlik saylovi ham o‘tkazildi. Prezidentlik saylovida o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov va Osiyo boks Konfederatsiyasi rahbari, qozog‘istonlik Serik Konakbayev ishtirok etdi.

Saylovda qatnashgan 134 mamlakat vakillaridan 86 nafari G‘ofur Rahimovga o‘z ovozini berdi va o‘zbekistonlik tadbirkor shu tariqa g‘alaba qozondi. Endi Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Kongressda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.