Dohada sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik atlet Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi. Jahon gimnastikasi afsonasi o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ochko jamg‘ardi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Oksana «Ria-novosti» nashriga intervyu berar ekan, musobaqada o‘z darajasida ishtirok eta olmaganini, bunga og‘riq xalal berganini aytib o‘tdi. Ammo, 2019 yilda Shtutgart mezbonlik qiladigan jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishini ta’kidladi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati.

Ayollar. Tayanib sakrash:

1. Simona Baylz (AQSH) — 15,366

2. Shellon Olsen (Kanada) — 14,516

3. Aleksa Moreno (Meksika) — 14,508

4. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 14,300.