Joriy yilning 31 oktyabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi I.N. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashagan 82 yoshli buvisi T.J.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazishi natijasida buvi voqea joyida vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, I.N. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.