Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 oktyabrdagi qarori bilan endilikda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi ham o‘z xodimlarini poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga tegishli qo‘shimcha kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi prezidentning 2017 yil 31 farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Organ ilgari sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vakolatiga kirgan yo‘nalishni nazorat qiladi.

Ma’lumot uchun: doimiy propiska Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxatining 11-bandiga binoan rasmiylashtiriladi. U yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarga, shuningdek ularning oila a’zolariga (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) lavozimda turadigan davrga beriladi.

Propiska olish uchun hujjatlarga qo‘shimcha ravishda rahbarning (Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining) iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma taqdim etiladi.