Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan «Diniy — ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» doirasida yumushlar boshlab yuborilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, ziyorat turizm doirasida musulmon davlatlardan viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarning ibodat qilishlari uchun sharoitlar yaratish va ularga yanada sifatliroq xizmat ko‘rsatish maqsadida Urganch xalqaro aeroportida zamonaviy, belgilangan talablarga javob bera oladigan namozxona va tahoratxonalar ishga tushdi.