Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi delegatsiya 2 noyabr kuni Buxoroga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi federal majlisi deputatlaridan iborat mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Kunning ikkinchi yarmida Rossiya delegatsiyasi a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi. Xususan, Ark qal’asida bo‘lib, bu yerda joylashgan Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi va uning tasarrufidagi «Sitorai Mohi Xosa» xalq amaliy bezak san’ati muzeyi, shuningdek, boshqa ko‘plab tarixiy obidalar, hunarmandchilik markazlari faoliyati bilan tanishadi.