O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflikani 1 noyabr — Inqilob kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Afrikadagi eng yirik mamlakat hisoblanuvchi Jazoir 1 noyabrni davlat bayrami — Inqilob kuni sifatida nishonlaydi. 1954 yilning xuddi shu sanasida mamlakatda boshlangan inqilob 1962 yilning 18 martigacha davom etib, Jazoirning Fransiyadan mustaqil bo‘lib ajralib chiqishi bilan yakunlandi. Milliondan ortiq jazoirliklar mustaqillik uchun kurashda halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 30 iyunida o‘rnatilgan.