Tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari ikki marta — 16 noyabrda va 2019 yil 1 iyunida oshiriladi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi yangi narxlarni e’lon qildi.

Aholiga uzatilayotgan bir kub metr gaz hisoblagich bo‘lmagan taqdirda 320 so‘m (hozirda 289,74 so‘m, oshishi 10,4 foizga, 2019 yil 1 iyundan — 350 so‘mga oshiriladi.

Hisoblash uskunalari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minotiga uzatilayotgan bir kub metr gaz 553 so‘m (hozirda — 501,06 so‘m, o‘sish 10,4 foiz), 2019 yil iyunidan 605 so‘mga oshadi.

Hisoblash uskunalari bo‘lmaganda isitish uchun uzatilayotgan gazning bir kub metri 320 so‘m (hozirda — 232,37 sm, o‘sish 37,7 foizga) bo‘ladi. 2019 yil iyunida mazkur raqam 350 so‘mga qadar oshadi.

16 noyabrdan suyultirilgan gazning bir kilogrami 950 so‘m (hozirda — 800 so‘m, o‘sish 18,7 foiz), kelgusi yil 1 iyunidan — 1200 so‘m bo‘ladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1 noyabrdagi qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari va tariflari bosqichma-bosqich oshirilishi tasdiqlandi. Avvalroq «O‘zbekenergo» elektr energiyasi tariflari oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

Bunga qadar tariflar aprelda oshirilgan.

Bunga qadar biz 16 noyabrdan yoqilg‘i-energetika resurslari tariflari o‘zgarishi to‘g‘risidagi qaror loyihasi haqida xabar bergan edik. Hujjatda avtomobil yoqilg‘isi va gaz narxlarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 1 yanvardan Toshkentning Yunusobod tumanida sinov tariqasida elektr energiyasi va gaz iste’molining bazaviy me’yorlarini joriy etish ham taklif qilingan.

Avvalroq Moliya vazirligi energiya resurslari narxlari xilma-xilligini qayta ko‘rib chiqish zarurligi asoslangan maqolani chop etgan edi. Tariflar oshirilishi bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham bayonot bilan chiqdi.