Sentyabr o‘rtalarida Toshkentning Chilonzor tumanida issiqlik quvuri yorilishidan zarar ko‘rgan Spark va Matiz avtomobillari egalariga jami 17,882 mln so‘m miqdorida tvon puli to‘lab berildi.

«Gazeta.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, «Toshissiqquvvati"ning fuqaroli javobgarligi Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan. Sug‘urta shartnomasida agarda «Toshissiqquvvati» ob’ektlaridan foydalanishda uchinchi shaxslar manfaatlariga zarar yetkazilsa, sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchilarga tovon pulini to‘lab berishi ko‘zda tutilgan.

Issiqlik quvuri isitish mavsumiga tayyorgarlik vaqtida issiqlik tarmoqlarida mexanik pishiqlik va bosim osishiga chidamlilik bo‘yicha rejali sinov ishlari olib borilayotgan vaqtda yorilib ketgan edi. Yuqori bosim tufayli qaynoq suv asfalt qoplamasini yorib o‘tishi ortidan asfalt bo‘laklari ikki avtomobilga zarar yetkazdi.