Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘tgan yili terroristik tashkilotlarning 50 dan ortiq boshlang‘ich guruhlari faoliyatiga chek qo‘yib, xalqaro qidiruvdan bo‘lgan 150 dan ortiq terroristni qo‘lga oldi.

Bu haqda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (MATT) Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan oltinchi xalqaro konferensiyasida MATT ijro qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi.

SHHT MATT rahbari yil davomida terroristik va diniy-ekstremistik internet hamjamiyatlarning 360 dan ortiq ishtirokchilari faoliyatiga chek qo‘qildi. Terroristik va ekstremistik kontentga ega vedsaytlar administrator va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Internet tarmoqlaridan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish doirasida 500 mingdan ortiq materiallar saqlanayotgan 80 ming internet-resurslarga kirishga cheklov qo‘yildi», — deya qo‘shimcha qildi Yevgeniy Sisoyev.