2−4 noyabr kunlari tungi vaqtlarda O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining tushishi: shimolda va janubi g‘arbda — 5 darajagacha, markaziy va sharqiy hududlarda — 3 darajagacha, janubda — 2 darajagacha sovuq tushishi kutilmoqda, deya xabar qildi «O‘zgidromet». Samarqand, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysida 2 noyabrga o‘tar kechasi bir oz yog‘ingarchiliklar — yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda.

Bir kunlik ob-havo (1 noyabr 20:00 dan 2 noyabr 20:00 gacha)

Toshkent

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −1…+1, kunduzi +4…+6 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −5…0, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −3…, +2, kunduzi +2…+7daraja bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan 7−12 m / s tezlikda shamol esadi. Harorat −3… −2, kunduzi +2… +7 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yengil yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa 7−12 m / s tezlikda esadi. Harorat kechasi −3… +2, kunduzi +2… +7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7−12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat −3… +2, kunduzi +2… +7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan 7−12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi -3… + 2, kunduzi +2… +7 daraja iliq bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlarida

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan 7−12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi −4… +1, kunduzi -3… + 2 daraja bo‘ladi.

Uch-olti kunlik ob-havo ma’lumotlari