Toshkentning Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish alomatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarning aynan qaysi turdagi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlangani ma’lum qilingani yo‘q.

Hodisa tafsilotlari ma’lum qilinadi.