Noyabr oyida dunyoning eng mohir qilichbozlari poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvim-rejasiga ko‘ra, Toshkentda 11 noyabr kuni qilichbozlikning shpaga turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida «Satellit» xalqaro turniri tashkil qilinadi.

17−18 noyabr kunlari esa qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar Respublika badiiy gimnastika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida o‘tkaziladi.

Sport majmuasi manzili: Toshkent sh. Yunusobod t. Korxojiota k., 2A — uy.