27 oktyabr kuni «Mayskiy» blokpostida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 28 yoshli Qozog‘iston fuqarosi Juldus. U. ushbu mamlakat bilan chegarani kesib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olindi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan ayol uch nafar O‘zbekiston fuqarosi — 28 yoshli Lola, 32 yoshli Lobar va 26 yoshli Dilbarni (imlar o‘zgartirilgan) Qozog‘istonning Olma Ota shahridagi massaj salonida yuqori oylikli ishga taklif qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari talqiniga ko‘ra, gumonlanuvchi qizlarni qo‘shni mamlakatga jinsiy maqsadlar uchun noqonuniy jalb qilib, jo‘natish bilan shug‘ullangan.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-modda 2-qismi (odam savdosi) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Olib borilayotgan tergov harakatlarida jinoyatning boshqa qurbonlari hamda uni sodir etishda aloqador shaxslar aniqlanadi.

Bundan tashqari, tergov qizlarning gumonlanuvchi tomonidan bildirilgan shubhali takliflarga rozi bo‘lish sabab va vajlari ham aniqlanib, odam savdosi qurbonlariga ijtimoiy-huquqiy yordam berish choralari ko‘riladi.