29 oktyabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida «Namangan-Chortoq» yo‘lining 38-kilometrida 15 yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu avtobusi ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Avariya old chap ressorning sinib ketishi oqibatida ro‘y berdi. Natijada avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, yonboshlab qolgan.

Hodisa natijasida uch yo‘lovchi jarohatlangan, ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan, ikkichiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yana 12 yo‘lovchi hodisa joyida shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan.