28 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Yoyilma qishlog‘ida ikki kishining is gazidan zaharlanib o‘lishi holati qayd etildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Halok bo‘lganlardan biri (2002 yilda tug‘ilgan) uy egasi, ikkinchisi esa (1986 yilda tug‘ilgan) uning mehmoni bo‘lgan.
Dastlabki tergov yotoq xonasida tabiiy gazli pech yoqilganini ko‘rsatdi. Pech mo‘risi qush uyasi shox-shabbalari bilan bekilib qolgan. Tortish kuchi hosil bo‘lmagani sababli tabiiy gaz is gazi hosil qilgan holda chala yongan.

FVV fuqarolarni isitish pechlaridan foydalanishdan avval mo‘rilar o‘tkazuvchanligini tekshirishga chaqirdi.