15 yoshgacha bo‘lgan 93 foizga yaqin (1,8milliard) bola muntazam ravishda ifloslangan havodan nafas olib, salomatligini xavf ostida qoldirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda ifloslangan havo sababli vujudga kelgan quyi havo yo‘llari infeksiyasidan 600 ming bola vafot etdi.

JSSTning havoning ifloslanishi va bolalar salomatligiga oid yangi hisobotida atmosfera va bino ichidagi havoning ifloslanishining bolalar salomatligiga salbiy ta’siri ayniqsa past va o‘rta daromadli mamlakatlarda og‘ir oqibatlarni yuzaga keltirmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, ifloslangan havo homilador ayollarda bevaqt tug‘ruq yoki kam vaznli go‘daklar tug‘ilishiga olib keladi. Havoning ifloslanishi bolalikda nevrologik rivojlanish va kognitiv xususiyatlarda muammolarni vujudga keltirib, astma va saraton kasalliklarini rivojlantiruvchi mexanizmlarni ishga tushiradi. Havo juda ifloslangan hududlarda bolalar keyinchalik surunkali kasalliklar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalinishga moyil bo‘ladi.

JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus The Guardian gazetasidagi maqolasida ifloslangan havoni yiliga 7 million kishining o‘limiga sabab bo‘layotgan «yangi tamaki» va «tinch favqulodda holat» deb atadi.

Bolalarning kattalarga qaraganda tez-tez nafas olishi ularni ifloslangan havodan ko‘proq zararlanishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, bolalarning bir qancha ifloslantiruvchilar konsepsiyasi yuqori bo‘lgan yerga yaqinroq bo‘lishi ham ularmiyasi va organizmining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangi tug‘ilgan va kichik yoshdagi bolalar ovqat tayyorlash, isitish va yoritish uchun yoqilg‘i va texnologiyalarыko‘rinishidagi ifloslantiruvchilardan binolar ichida muntazam foydalanilishiga ham juda ta’sirchan.