Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Farmonga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilindi:

ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi;

aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlarning hisobini yuritishning maxsus tartibi;

ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma hujjati olish talabi;

davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar uchun ichki bozorda oldindan mahsulot yoki xizmat uchun 15 foiz to‘lovni oldindan amalga amalga oshirishga doir talab;

ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklov.