Tez orada O‘zbekistonda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan yangi bankomatlar o‘rnatiladi. Bu haqda UzCard rasmiy saytida xabar berildi.

Diebold Nixdorf konserniga tegishli CINEO C4560 rusumidagi zamonaviy bankomatlari UzCard plastik kartalari bilan ishlaydi va ularga naqd xorijiy valyutani konvertatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha funksiya o‘rnatilgan.

Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan integratsiya qilinish uchun olib borilgan barcha test ishlari muvaffaqiyatli va vaqtida o‘tkazildi.

Naqd ko‘rinishdagi AQSH dollari bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan belgilangan valyuta kursi bo‘yicha so‘mga ayirboshlanadi. Mazkur jarayonda komission to‘lovlar undirilmaydi.

Ushbu rusumdagi bankomatlarda konvertatsiya funksiyasi bor bo‘lish bilan bir qatorda bir nechta innovatsion xizmatlarni mijozlarga taqdim etadi.