O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari lavozimiga Iskandar Xalilov tayinlandi. Fondning avvalgi rahbari Jaloliddin Hamroqulov o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ushbu vazifadan ozod etildi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Iskandar Xalilov 1995 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan, 1995−1996 yillarda Toshkent shahridagi «Abul Qosim» madrasasi o‘qituvchisi, 1996−2008 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Oltintepa» jome masjidi imom-xatibi, 2010−2018 yillarda Toshkent shahar «Ko‘kaldosh» o‘rta-maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi, 2008−2018 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani bosh imomi, «Alibek» jome masjidi imom-xatibi, 2017−2018 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Masjidlarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘limi mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.