O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra safariga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Ularni kuzatishda qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan qatnashdi.

Xabarda qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madinadagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganidan so‘ng Makkaga yo‘l oladi. Ziyoratchilar uchun mavsum davomida 5 yulduzli mehmonxona, oshxona va transport xizmatlari tashkil etiladi.

Avvalroq hukumat qarori bilan joriy yildan Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlangan edi.