O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni 29 oktyabr — Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

1923 yilning shu kunida Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilgan va davlat respublikaga aylantirilgan. Shu bilan Usmonlilar imperiyasi tugatilgan.