«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan dastlabki 20 ta past polli, o‘rtacha sig‘imli SAZ LE60 avtobusga ega bo‘ldi. Ular Toshkentdagi ilk konditsionerli avtobuslardir.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, yil oxirigacha poytaxt avtobus saroylariga yana 60 ta shunday avtobus hamda 40 ta katta sig‘imli MAN avtobusi keltiriladi.

«SamAvto» matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, SAZ LE60 avtobusining yo‘lovchi sig‘imi 56 kishini tashkil etadi (o‘rindiqlar soni — 25). Avtobuslar avtomat uzatmalar qutisi o‘rnatilgan Yevro-4 standartli Isuzu dvigatellari bilan jihozlangan.

Mashinalar imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun apparel bilan ham ta’minlangan bo‘lib, ularning salonga osonroq chiqishlari uchun og‘ish xususiyatiga ega.