Indoneziyadagi xususiy Lion Air aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti Indoneziyaning Yava oroli g‘arbiy qirg‘og‘i hududida dengizga quladi, deya xabar qildi RIA Novosti.

JT-610 reysi bilan Jakartadan Pangkalpinangga parvoz qilayotgan layner havoga ko‘tarilganidan 13 daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qoldi.

Jakarta Post nashrining xabar qilishicha, samolyot bortida 189 kishi, jumladan 181 yo‘lovchi, 2 uchuvchi va 6 nafar bor kuzatuvchisi bo‘lgan.

Qutqaruvchilar bortga tegishli bir qancha ashyolarni aniqlashga ulgurdi. Qidiruv-qutqaruv otryadlari ish olib bormoqda. Halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida hozircha xabar yo‘q.

Hodisa munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.