O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr — Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanga tabrik yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

28 oktyabr Chexiyada asosiy milliy bayram sifatida nishonlanadi. Muqaddam ushbu bayram Respublika kuni deb nomlangan. 1918 yil 28 oktyabr kuni Chex milliy qo‘mitasi Pragada mamlakatning Avstro-Vengriyadan ajralib chiqqanini hamda Chexiyaning qo‘shni Slovakiya bilan birlashib, Chexoslovakiya Respublikasi tashkil etilganini e’lon qiladi.