19 oktyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida olib qochilgan sirdaryolik Xurshida F.ga tegishli Captiva avtomobili egasiga qaytarildi.

Toshkent IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, mashina egasi tanishining uyiga mehmon bo‘lib keladi va tugmalik o‘t oldirgich o‘rnatilgan mashinani ochiq qoldiradi.

Erta tong vaqtida ko‘chaga chiqqach mashina qo‘yilgan joyida yo‘qligini ko‘rii bidi. Shu zahotiyoq u 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga xabar beradi.

Tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgach, Captiva Yunusobod tumanida topildi. Mashinani olib qochishda gumonlanuvchi shaxs esa mashinada qoldirilgan barmoq izlari orqali aniqlandi.

Gumonlanuvchi — Yunusobod tumanida yashovchi 24 yoshli Denis N. o‘z xonadonida qo‘lga olindi. Uning so‘zlariga qaraganda, 18 oktyabrdan 19 oktyabrga o‘tar tunda mast holatda uyqa qaytayotgan bo‘lgan. Uy yonidan o‘tayotgan vaqtda mashinani ko‘rib, mashinani ochib ko‘rgan. Avtomobil eshigi ochilgach, Denis shaharni aylanib kelishga qaror qilgan.