Jahon va Osiyo chempioni Bahodir Jalolov 28 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi (AQSH) Madison Square Garden arenasida o‘tkazilgan bahsda g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bahodir Jalolov professional ringdagi uchinchi jangini amerikalik Tayrel Raytga qarshi o‘tkazdi.

Jang o‘zbekistonlik sportchining ustunligi ostida kechdi. Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa, Bahodir Jalolov ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. U bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.