Alisher Zafarovich Sa’dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi vakili «Gazeta.uz"ga.

Alisher Sa’dullayev (1994 y. t.) 2017 yil iyulidan xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U mamlakatdagi eng yosh vazir o‘rinbosari edi. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchisi. Avvalroq Result o‘quv markazini boshqargan.

U yozda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Odiljon Tojiyev o‘rniga Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.