Davlat veterinariya qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar qilinishicha, 26 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi shu haqdagi qarorni qabul qildi.

Shunday qilib, xodimlari Toshkent va poytaxt viloyatiga doimiy propiskasini olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni 70 taga yetdi.