O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyada yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar, jumladan, yosh bolalarning halok bo‘lgani munosabati bilan Iordaniya Podshohi Abdulla Ikkinchiga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Payshanba kuni O‘lik dengizi yaqinida kuchli suv oqimi maktab avtobusini olib ketdi. So‘nggi ma’lumотларgaкўра, halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetdi, ularning aksariyati 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilaridir. Bedarak yo‘qolganlar soni ma’lum qilingani yo‘q - Zarka-Main issiq suv manbalari bo‘lgan ommaviy kurort joylashgan tog‘ darasida dam olayotganlar bo‘lishi mumkin.

Keng miqyosli qutqaruv operatsiyalarida 2000 dan ziyod kishi, jumladan harbiylar va turli xizmatlar vakillari ishtirok etmoqda. 100 ga yaqin maxsus texnika, vertolyot va katerlar jlb qilingan. Operatsiyaga Iordaniya bosh vaziri Omar Razza boshchilik qilmoqda.