Baxtiyor Umarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning O‘zbekiston hukumatidagi axborot manbasi xabar qildi.

Baxtiyor Umarov mazkur lavozimga may oyi oxirida tayinlangan edi. Avval esa innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari, ungacha — «O‘zmedeksport» bosh direktori bo‘lgan.

Baxtiyor Umarov Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan, Davlat soliq qo‘mitasi va tijoriy korxonalarda faoliyat olib borgan.