Yunusobod tumanida o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydonlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etiladi. Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari «O‘zekspomarkaz"da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, 63 ta mahalladagi ijtimoiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

2019 yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mo‘ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo‘yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko‘rsatgan holda «yo‘l xarita"lari ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, ob’ektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab berildi.