Hukumat qarori bilan Rustam Sa’dullayevich Iskandarov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini yuqori sifatli un navlari, yorma, omuxta yem, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari bilan ta’minlashni tashkil etish «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.