Iordaniyada kuchli yomg‘ir vaqtida suv oqimi maktab avtobusini olib ketdi, 18 kishi halok bo‘ldi, yana 35 kishi jabrlandi, deya xabar qildi The Jordan Times gazetasi.

Fuqaro mudofaasi departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi — 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari va ularni olib ketayotganlar. Ular O‘lik dengiz yaqinidagi Zarka-Main issiq suv manbalari zonasiga ekskursiyaga ketayotgan bo‘lgan. Avtobusda jami 44 kishi, jumladan 37 bola bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas, ya’ni hodisa joyida dam olayotgan oilalar ham bo‘lishi mumkin.

Qutqaruv operatsiyalarida 2000 ga yaqin harbiy xizmatchilar, vertolyotlar va bir qancha qayiqlar qatnashmoqda. Hodisa joyiga mamlakat bosh vaziri Omar Razzaz tashrif buyurdi.

Petra agentligining xabar qilishicha, Iordaniya qiroli Abdalla II fojia munosabati bilan Bahraynga rejalashtirilgan safarini bekor qildi.