Toshkentning Bektemir tumani Husayn Bayqaro ko‘chasidagi «Izopanel» sendvich-panellari ishlab chiqaruvchi sex binosida yong‘in sodir bo‘ldi.


IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘in haqidagi xabar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga 9:30 da kelib tushgan, 9:56 da olov o‘chirilgan.


Sex uskunalari va u yerda saqlanayotgan xom ashyoning bir qismi yongan. Yong‘inga payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.