Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji va 2-yuridik kollejning ikki o‘quvchisini 30 iyul kuni Markaziy ekoparkda erkak kishiga pichoq bilan hujum qilgani uchun uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi, deya xabar qildi Sevimli TV telekanalining Zamon dasturi.

«Biz bir kishi bilan to‘qnashib ketdik, men uni avval tanimasdim. Men yo‘limda davom etdim, u meni chaqirdi. Mendagi pichoqqa kelsak, u esdalik brelok edi. Tortishuvdan keyin mushtlashish boshlandi», — dedi mojaro ishtirokchilaridan biri.

Pichoqni tortib olgan ikkinchi o‘quvchi o‘ng qo‘li va oyog‘iga uch marta pichoq urganini so‘zlab berdi. Jabrlanuvchi operatsiya qilindi. U o‘quvchilardan biriga da’vosi borligini ma’lum qildi, deya qayd etildi dasturda.

Sud sudlanuvchilarni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi «ye» va «k» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Ularga nisbatan JK 57-modda qo‘llanilib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.