Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga asosan Imomov Shuhratali Tayirovich Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.


Shuhratali Imomov (1977 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).


Soliq sohasidagi mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlab, 2008 yilgacha mazkur tuman soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda ishlagan.


2008−2012 yillarda Davlat soliq qo‘mitasining Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqarmasi davlat soliq xizmati organlarida xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimi sifatida faoliyat olib borgan.


2012−2016 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, 2016−2017 yillarda Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, 2017 yildan yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.