Efiopiya parlamenti mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishini — diplomat Saxle-Vork Zevdeni prezident lavozimiga sayladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Saxle-Vork Zevde 25 oktyabr kuni prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Vazifasiga kirishganidan so‘ng, prezident mamlakatda tinchlikni saqlash hamda ayollarga zulm o‘tkazishdan voz kechish lozimligini ta’kidladi.

Prezidentlikka qadar u BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning Afrika kengashidagi maxsus vakili hamda tashkilotdagi BMT vakolatxonasi, shuningdek Efiopiyaning Senegal, Jibuti va Fransiyadagi diplomatik missiyalariga rahbarlik qilgan, BMTning Markaziy Afrika respublikasi va Nayrobidagi tuzilmalaridan turli lavozimlarni egallagan.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezident parlament tomonidan olti yil muddatga saylanadi va ikki muddatdan ortiq bu lavozimda faoliyat ko‘rsata olmaydi. Efiopiyada prezident ko‘proq hukumat funksiyalarini bajaradi, mamlakatda haqiqiy hukumat bosh vazirga tegishli.