Amerika Qo‘shma Shtatlarda faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakovning AQSHdan jo‘natilgan 60 dan ziyod noyob eksponatlarini muzey xodimlari qabul qilib oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur noyob eksponatlar XIX-XX asrlarda Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo vohalarida faoliyat yuritgan maqom san’ati ijodkorlari tomonidan ishlatilgan. Eksponatlar orasida bugungi kunlarda maqom yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan amerikalik va kanadalik yosh ijodkorlar hayotiga oid materiallar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan «Maqom muzeyi» fondiga Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va O‘zbekiston halq hofizi U. Axmedov 40 dan ziyod noyob eksponatlar hamda noyob cholg‘u asboblarini sovg‘a qilgan edi.