22 oktyabr kuni ertalab A-380 «Buxoro-Nukus-Beruniy» avtomagistralining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududidan o‘tgan 680-kilometrida Nexia va Cobalt avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Nexia (davlat raqami 95 E 960 GA) haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Cobalt (davlat raqami 95 313 NAA) bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida besh kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi tan jarohatlari bilan Beruniy tuman shifoxonasiga yetkazildi.