O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tuzilmasini o‘zgartirib, 2025 yilgacha eksport hajmini 7 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘tgan juma «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov ma’lum qildi.

2018−2021 yillarda 2,5 mlrd dollarlik diversifikatsiya va modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi. 2021 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 2,8 mlrd, 2025 yilda esa — 7 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.

Ilhom Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, eksport tuzilmasi o‘zgaradi. Hozirda eksportning 37,7 foizini kalava ip, 14 foizini mato va to‘qimachilik polotnasi va 48,3 foizini boshqa to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etadi.

2021 yilda kalava ip ishlab chiqarish hajmini 23,1foizga, 2025 yilda esa 3,8 foizgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.

«Biz eksportimiz tuzilmasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqdamiz. Rossiyalik hamkasblarimizda muayyan tashvish bor: O‘zbekiston yarim fabrikantlarni yetkazib beradimi? Biz yarim fabrikantlarni yetkazib beramiz, bizda Rossiya Federatsiyasiga yetkazish uchun muayyan miqdordagi zaxiralar mavjud», — dedi u.