22 oktyabr kuni taxminan 12:00 da A-380 avtomagistralining Buxoro viloyati Jondor tumani orqali o‘tgan 333-kilometrida lacetti avtomobili va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Lacetti (davlat raqami 90 L 998 HA) oldindan kelayotgan yuk mashinasi (davlat raqami 90 H 209 LA) bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng yonib ketgan.


Jondor tuman IIBdan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilinishicha, yong‘in natijasida to‘rt nafar erkak kishi vafot etdi. Barcha vafot etganlar Lacetti avtomobilida bo‘lgan.


Avvalroq, xuddi shu kuni A-380 trassasining Beruniy tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan YTHda besh kishi vafot etib, yana besh kishining jarohat olgani xabar qilingan edi.