O‘zbekistonlik sportchi Nikita Rafalovich 19-21 oktyabr kunlari Manchesterda bo‘lib o‘tgan Taekvondo WTF bo‘yicha Gran-pri musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.


-80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich musobaqa davomida Gretsiya, Italiya hamda Rossiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final ostonasida kechgan jangda unga chorak finalda olgan kichik jarohati pand berdi va mag‘lub bo‘ldi.


Ushbu muvaffaqiyat orqali Nikita Tokio 2020 litsenziyasi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.