Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan to‘qqiz oy davomida 171899 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 22 foizga kamroq demakdir, deya xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga.

216 mlrd so‘mdan ziyodroq miqdordagi majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi 210661 ta sud qarori chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning to‘qqiz oyidagilar bilan solishtirilganda, mos ravishda 64 foiz va 41 foizga kamaydi.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 147351 ta sud qarori chiqarildi, ularning 83 foizi bo‘yicha talablar qanoatlantirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nikohni bekor qilish bo‘yicha 30040 ta, kelishuvlar bilan bog‘liq bahslar bo‘yicha 1335 ta, ishga qayta tiklash bo‘yicha 1171 ta va ota-onalik huquqidan mahrum etio‘ bo‘yicha 987 ta qaror qabul qildi.

62657 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aholi bilan 4393 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi nazorat tartibida ko‘rib chiqilgan 778 ta ish bo‘yicha protestlarni qanoatlantirdi. Quyi sudlarning 714 ta qarori bekor qilinib, 64 ta sud qaroriga o‘zgartishlar kiritildi.