O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida"gi qarori asosida Muynoq tumani va Orol dengizi atrofida turistlarni keng jalb qilish, shuningdek uning uzoq o‘tmishdagi tarixi, tabiati va undagi hayvonot va o‘simlik dunyosi, tuman aholisining urf-odatlarini muzey ekspozitsiyasi orqali keng ommaga yetkazib berish maqsadida «Urgenchtransgaz» sho‘’ba korxonasi tomonidan 1 milliard 200 million so‘m muqdorida mablag‘ ajratilib, Muynoq tumanidagi muzeyning yangi binosi qurib bitkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi «2017−2018 yillarda davlat muzeylari faoliyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 975-sonli qarori bilan Muynoq tumani ekologiya muzeyi kayta tashkil etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida ochildi.

Joriy yilning 20 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 07/1−426-sonli bayoni asosida «Orol baliqlaridan 99 turli taom» halqaro gastronomik festivali doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniti davlat muzeyining Mo‘ynoq tumanidagi «Ekologiya muzeyi» filialining ochilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

Muzeyning ko‘rgazma zali orqali tashrif buyurgan tomoshabinlar Orol dengizining o‘tmishi va bugingi xayoti xaqida, flora va faunasi, Muynoq tumanida baliqchilikning rivojlangani, Baliq konserva zavodi faoliyatiga oid foto lavhalar, rang tasvirchi rassomlar «Orol Kuychisi» deb tanilgan F.Yu.Madgazin va R.Matevosyan ijodiga mansub asarlarni ko‘rishi mumkin.

1984 yil Muynoq tumani Uchsoy qishlog‘ida kichkina ko‘rgazma tashkil qilindi. 1994 yil Muynoq tumani madaniyat bo‘limi yonida muzey sifatida faoliyat olib boradi. Dastlabki faoliyatini ko‘rgazma sifatida boshlagan muzey kolleksiyasida bugungi kunga kelib 300 dan ortik eksponat mavjud.