4 oktyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi Al Hilol kafesi yaqinida haydovchini kaltaklaganlikda gumon qilingan shaxslar ushlandi. poytaxt prokuraturasi ish nazoratini o‘z qo‘liga oldi, deya xabar qildi mahkama «Gazeta.uz"ga.

Mojaro aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Unda ikki yigit uchinchi bir shaxsni kaltaklagani tasvirlangan. Janjal jabrlanuvchi, raqiblarining fikricha, o‘z avtomobilini ularning mashinasiga juda yaqin joylashtirgani sabab bo‘lgan.

Toshkent IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar Doniyor A. (1994 y. t.) va Anvarjon R. (1985 y. t.) bo‘lib, ularning ikkinchisi muqaddam sudlangan.

Ularga nisbatan 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277- modda 2-qism «a» va «b» bandlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov tadbirlari olib borilmoqda.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi Doston Sh. (1993 y. t.) salomatligining buzilishiga olib kelgan o‘rta og‘irlikdagi tan jarohatlarini olgan. Davolanish muddati uch haftadan ziyodroqni tashkil etadi.