Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Farg‘ona shahrida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va loyihalar, texnologiyalarning istiqbolli turlarini ishlab chiqishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni muvofiqlashtirish;

ilmiy va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish, yoshlar, olimlar va o‘qituvchilarni iqtisodiyot sohalari va korxonalarning ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;

kovorking-markazda yoshlar, olimlar va tadbirkorlarga maslahat, moliyaviy, buxgalteriya, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish, axborot kommunikatsiya vositalari va Internet tarmog‘iga kirish bilan ta’minlash.