15−21 oktyabr kunlari Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hukumati delegatsiyalari ishchi guruhlari muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar qildi.

Tomonlar ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda Farg‘ona viloyati va Qirg‘izistonning Botken viloyati chegarasidagi Shohimardon uchastkasi hamda Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati chegarasidagi Kandiyon-Buloq uchastkasining bir qismini xatlovdan o‘tkazdi.